» » O‘zbekiston va Ukraina 2019-yildan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta tiklashni muhokama qildi

O‘zbekiston va Ukraina 2019-yildan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta tiklashni muhokama qildi


O‘zbekiston va Ukraina 2019-yildan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni qayta tiklashni muhokama qildi, deb yozadi Spot Ukraina infratuzilma vazirligiga tayanib.

Ukraina idorasi vakillari O‘zbekistonga “Markaziy Osiyo xalqaro transport yo‘laklari tizimida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasi chog‘ida tashrif buyurib, O‘zbekiston parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari bilan 2019-yil bahor-yoz davridan boshlab Toshkent va Kiyev o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reysni qayta tiklash haqida muzokaralar o‘tkazdi.

2017-yil dekabrida imzolangan bayonnoma asosida, gap bir haftada ikki marta (har bir mamlakat milliy tashuvchisi uchun bittadan) amalga oshriiladigan ikkita reys haqida bormoqda.

Shuningdek, Ukraina delegatsiyasi O‘zbekiston davlat avtomobil transporti agentligi rahbari bilan xalqaro avtomobil tashuvlari uchun kvotalarni oshirish masalasini muhokama qildi.

Bundan tashqari, Ukraina va O‘zbekiston Tashuvchilar assotsiatsiyalari avtomobil yuk tashuvlari bo‘yicha qo‘shma operatorni yaratish yo‘l xaritasini ishlab chiqishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-09-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют