» » Butun O‘zbekiston bo‘ylab 2,5 mingga yaqin bola ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi va tug‘ilganlik haqida guvohnoma olmaganligi aniqlandi

Butun O‘zbekiston bo‘ylab 2,5 mingga yaqin bola ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi va tug‘ilganlik haqida guvohnoma olmaganligi aniqlandi


Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab Davlat xizmatlari agentligi tomonidan umummilliy bepul ijtimoiy aksiya o‘tkazilmoqda. Bu haqda agentlikning Telegram-kanalida aytiladi.

FHDYo organlarida tizimli tekshirish natijasida mamlakatda, asosan chekka hududlar aholi punktlarida, turli sabablar hamda huquqiy bilimlari yetarli darajada bo‘lmaganligi uchun, ota-onalar tomonidan  farzandlarini o‘z vaqtida ro‘yxatdan o‘tkazmaganligi va tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni olmaganliklari aniqlandi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida, mamlakat rahbari tomonidan joriy yilning iyun oyida tegishli qaror imzolandi. Unga ko‘ra, hokimiyat, xotin-qizlar, FHDYo, xalq va maktabgacha ta’lim bo‘limlari, tuman tibbiyot birlashmalari hamda boshqa manfaatdor organlarning vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh shakllantirilishi belgilandi.

Ishchi guruhlar bilan birgalikda joylardagi Davlat xizmatlari markazlari xodimlari har bir mahallada uyma-uy yurmoqda. Bugungi kungacha, ular qariyb 48 000 ga yaqin oilani o‘rgandi. Uyma-uy yurish natijasida, 2 457 nafar qayd etilmagan bola hamda 1 053 ta qayd etilmagan nikoh bilan yashab kelgan oila aniqlandi.

2 500 ga yaqin bola respublika Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan o‘z haq-huquqlaridan to‘liqligicha foydalanish imkoniyatiga ega emas. Ular bepul ta’lim va tibbiy yordam kabi muhim huquqlardan mahrum.

Dam olish kunlarida chekka hududlarning aholisi uchun “mobil” davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Aynan “mobil” davlat xizmatlari ko‘rsatilishi natijasida fuqarolarga bugungi kungacha 2 mingga yaqin huquq belgilovchi hujjatlar topshirildi. Ularning 90 foizdan oshig‘ini — tug‘ilganlik hamda nikoh to‘g‘risidagi guvohnomlar tashkil etdi.

2019-yilning 1-iyuliga qadar Davlat xizmatlari agentligi tomonidan guvohnomasi bo‘lmagan bolalarni aniqlash va keyinchalik ularga mazkur hujjatni berish  maqsadida O‘zbekiston bo‘ylab tadbirlar o‘tkazilyapti. Axir aynan shu hujjat bolani u yoki bu davlat fuqaroligiga mansub ekanligini tasdiqlaydi.

Fuqarolardan bunday muammoga duch kelgan holatda, Davlat xizmatlari agentligining 1148 ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raldi.

Mazkur xizmatlar bepul ko‘rsatiladi. Faqat gerb yig‘imi uchun eng kam oylik ish haqining 15 foizi miqdorida to‘lov to‘lanadi. Hozirda bu 27 645 so‘mni tashkil etadi.

Gerb yig‘imi davlat hujjatlarida ishlatiladigan, davlat gerbi ifodalangan maxsus qog‘oz ishlatilgani uchun undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-09-2018, 08:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют