» » Andijon viloyatida bugungi kun holatiga 588 ta korxonada menejment tizimi joriy etildi

Andijon viloyatida bugungi kun holatiga 588 ta korxonada menejment tizimi joriy etildi


Bugun Milliy Matbuot markazida “O‘zstandart” agentligi “Andijon Sinov va sertifikatlashtirish markazi” tomonidan, ishlab chiqarish korxonalari va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga berayotgan ko‘magi haqida ma’lumot berildi. Bu haqda markaz matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Matbuot anjumanida Andijon Sinov va sertifikatlashtirish markazi direktori Ilyosbek Qosimov va bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Markaz faoliyatida eng avvalo, viloyatdagi korxonalarda zamonaviy sifatni boshqarish tizimlarini keng joriy qilish, birinchi galda eksportyor-korxonalarda va xalqaro standartlarga muvofiq sanoat mahsulotlarini sertifikatlashtirish hamda aholi va tadbirkorlar uchun imkoniyatlar yaratishga e’tibor qaratilmoqda.

Andijon markazi qoshidagi sifat menejmenti tizimlarini sertifikatlashtirish idorasi 2010-yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunga qadar idora tomonidan 332 dan ortiq viloyat va uning tashqarisidagi ishlab chiqarish korxonalarida joriy etilgan menejment tizimlari sertifikatlashtirilgan.

Bugungi kunda nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki O‘zbekistonning boshqa vohalari ya’ni, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Xorazm viloyatlari korxonalaridan ham ISO 9001:2015 xalqaro standartlari talablari bo‘yicha joriy etilgan tizimni sertifikatlashtirishga buyurtmalar qabul qilinib, sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

2018-yilning bugungi kun holatiga, viloyat bo‘yicha 588 ta korxonada menejment tizimi joriy etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich joriy yil oxirigacha 660 taga yetkaziladi.

Budan tashqari, markaz tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida bir qancha istiqbolli rejalar ishlab chiqilmoqda.

Masalan, Qo‘rg‘ontepa tumanida “Elektr tarmoqlari” korxonasi hududida o‘lchov vositalarini qabul qilish va tarqatish shaxobchasi tashkil qilindi va bugungi kungacha 1 165 dona gaz va 1 284 dona elektr hisoblagichlari qiyoslashdan o‘tkazildi. Bu ishlar tizimli davom ettiriladi.

Baliqchi tumanida esa “Gazta’minoti” korxonasi hududida 2018-yilda o‘lchov vositalarini qabul qilish va tarqatish shaxobchasi tashkil qilish rejalashtirilgan va bugungi kunda ajratilgan xonalarni ta’mirlash ishlari yakuniga yetkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 05:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют