» » Toshkent viloyat IIB YHX boshqarmasi tomonidan jamoat transportlariga videoregistratorlar o‘rnatilmoqda

Toshkent viloyat IIB YHX boshqarmasi tomonidan jamoat transportlariga videoregistratorlar o‘rnatilmoqda


Toshkent viloyat IIB YHX boshqarmasi tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-may kunidagi 377-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Yo‘l xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 376 ta jamoat transportiga, shuningdek korxona va tashkilotlarga tegishli bo‘lgan 187 ta transport vositasiga videoregistrator o‘rnatish ishlari tashkil etildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘tkazilayotgan tadbirlardan ko‘zlanayotgan asosiy maqsad, avtomobil yo‘llarida jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bilan bir qatorda, haydovchilarni, o‘z navbatida, salon ichida bo‘lgan yo‘lovchilarni ogohlikka chaqirilishini ta’minlashdir.

Xususan, joriy yilning 28-sentabr “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni”da ham viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lgan 18 ta jamoat transportiga videoregistratorlar o‘rnatilishi ta’minlandi.

Toshkent viloyati IIB YHX boshqarmasi tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-09-2018, 23:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют