» » Parijda Top RESA-2018 ko‘rgazmasiga start berildi. Unda O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda

Parijda Top RESA-2018 ko‘rgazmasiga start berildi. Unda O‘zbekiston milliy stendi namoyish etilmoqda


Parijda Top RESA-2018 faoliyatiga start berildi. Dunyodagi eng nufuzli va eng ko‘p mehmon tashrif buyuruvchi turistik ko‘rgazmalardan biri turizmning barcha yo‘nalishlari, biznes-safarlar va event-sanoatlarini o‘z ichiga qamrab olgan, deya xabar beradi O‘zA.

Ko‘rgazma yangiliklardan xabardor bo‘lish va fikr almashishni istovchi turistik byurolar, tashuvchilar, mehmonxona biznesi vakillari, turistik agentliklar va turoperatorlarni bir joyga to‘pladi.

Fransiya poytaxtida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi va “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi (MAK) tomonidan tashkil qilingan yagona milliy stend ostida namoyish etildi. Ekspozitsiyada Qo‘mita va MAK vakillaridan tashqari “O‘zbekiston temir yo‘llari” hamda mamlakatimizning turistik kompaniyalari vakillari ham qatnashishmoqda.

Milliy stendda Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termizning diqqatga sazovor maskanlari va O‘zbekistonning boshqa turistik yo‘nalishlariga oid qo‘llanmalar, videomateriallar, risolalar, xalq-amaliy san’ati namunalari, yo‘lko‘rsatuvchilar va axborot materiallari taqdim etilgan.

O‘zbekistonning turli mintaqalari turkompaniyalarining bir ko‘rgazma maydonida joylashishi xorijiy turoperatorlarga O‘zbekistonning turistik bozori, mamlakatdagi mehmonxona va transport infratuzilmalari haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi. O‘zbekiston ushbu tadbirda 2012-yildan beri ishtirok etib keladi.

Tadbir davomida Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi vakillarining Fransiya tomon bilan biznes-uchrashuvlari rejalashtirilgan, uchrashuv jarayonida ikki tomonlama hamkorlikka doir yangi hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-09-2018, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют