» » Zafar Hoshimov: Bilimli mutaxassislar yetarli emas, bori ham xorijga ishlagani ketishni ma’qul ko‘radi

Zafar Hoshimov: Bilimli mutaxassislar yetarli emas, bori ham xorijga ishlagani ketishni ma’qul ko‘radi


O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi umumta’lim maktablariga homiylik mablag‘larini jalb qilish uchun shaffof platformani ishga tushirdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

O‘zbekistonda ilk kraundfanding (xalq tomonidan moliyalash) platformasi — “Mfond.uz” o‘z ishini boshladi. Qayd etishlaricha, ushbu tizim maktab rahbarlari uchun o‘quv muassasalarining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish uchun homiylik mablag‘larini ishlatishda ochiqlik ta’minlab beradi.

Mazkur jamg‘arma orqali homiylar ma’lum bir ta’lim dargohi yoki umumiy jamg‘arma hisobiga pul o‘tkazib berishi mumkin. Jamg‘arma hisobidan amaliy darslarga mo‘ljallangan o‘quv labaratoriyalari, aqlli sinflar jihozlanadi. Shuningdek, o‘quvchi va o‘qituvchilarining ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarini amalga oshirish uchun mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Platformaning taqdimot marosimida so‘zga chiqqan “Korzinka.uz” supermarketlar tarmog‘i Zafar Hoshimov haqiqatdan ham O‘zbekistonda ta’lim sifati talab darajasida emasligini ta’kidlagan.

— O‘zbekistonda hali ham ayanchli ahvoldagi maktablar bor, — deydi Zafar Hoshimov. — Bugungi kunda mamlakatimizda zamon talablariga mos ilm o‘rganish tizimini tashkil qilish zarur. Ilgari ota-onalar bolalariga yaxshi o‘qish bilan birga sinfda ham faol bo‘lishni tayinlar edi. Endilikda yoshlarning o‘z sinfida ham eng faoli bo‘lishi yetarli emas. Chunki o‘zaro sog‘lom raqobatni kuchaytirish zarur. Raqobat bor joyda rivojlanish bo‘ladi.

Mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarish uchun ta’limga investitsiya kiritish, tizimni yanada rivojlantirish, malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb qilish zarur. Ba’zida shunday vaziyat ham bo‘ladiki — o‘z faoliyatimdan misol — sohaga bilimli mutaxassislarni jalb qilolmayapmiz. Sababi — ular yetarli emas. Bori ham xorijga ishlagani ketishni ma’qul ko‘radi. Shu kabi masalalarni e’tiborga olgan holda “Mfond” jamoatchilik xayriya jamg‘armasiga davomiy stipendiyani joriy etishni yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bundan ko‘zlangan maqsad — tizimni to‘g‘ri shakllantirish orqali kelgusida barcha sohalarga bilimli mutaxassislarni ta’minlab berishdir.

Bizning farzandlarimiz bu yerda 10 kunda olayotgan bilimiga rivojlangan mamlakatlarda o‘quvchilar bir soat vaqt sarflamoqda. Hozir joylarda sifatli ta’lim yuqori texnologiyalar asosida joriy etilishi, mamlakatimiz iqtisodiyoti ko‘tarilishi uchun, avvalo, ta’limga alohida e’tibor ko‘rsatish lozim. Yurtimizdagi faol tadbirkorlar ushbu fondni shakllantirishda ishtirok etishsa, farzandlarimizning kelajagiga poydevor yaratgan bo‘lamiz. Bu fond o‘ylaymanki, O‘zbekiston kelajagi uchun muhim investitsiyadir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-09-2018, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют