» » Qashqadaryodagi to‘yda aslida necha kishi zaharlangan edi?

Qashqadaryodagi to‘yda aslida necha kishi zaharlangan edi?


30-sentabr kuni Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan 29-sentabr kuni soat 21:25 da olingan ma’lumotga asosan, joriy yilning 28-sentabr kuni viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 16 nafar va 29-sentabr kuni 7 nafar, jami 23 nafar fuqarolar ovqatdan zaharlanish “O‘tkir gastroenterit” tashxisi bilan yotqizilgani haqida xabar berilgan edi.

Xabarda qayd etilishicha, ular joriy yilning 27-sentabr kuni Qarshi shahridagi “Baxtli oila” to‘yxonasida to‘y marosimida turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini aralash iste’mol qilishib, sog‘ligidan shikoyat qilgan.

Oradan bir kun o‘tib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan yuqoridagi tashxis bilan yotqizilgan bemorlar jami soni 74 nafar (shundan 4 nafari 18 yoshgacha bo‘lganlar, 10 nafar erkak va 60 nafar xotin-qizlar), shifoxonaga yotqizilganlar soni 72 nafar, uyiga javob berilganlar 2 nafarni tashkil etgani, yotqizilgan 72 nafar bemorning ahvoli o‘rtacha yengil holatda ekani ma’lum qilindi. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida ular to‘y dasturxoniga tortilgan turli salatlarni iste’mol qilib, zaharlangani aytib o‘tilib, aybdorlarga tegishli choralar ko‘rilgani ma’lum qilingan.

“Xalq so‘zi”ning viloyatdagi muxbiri voqeani joyiga chiqib o‘rgandi. Surishtiruv davomida zaharlanish holati haqiqatdan ham Qarshi shahridagi “Baxtli oila” marosimlar uyida bo‘lgan to‘yda ishtirok etganlar ekani aniqlandi.

Shifoxonadan ma’lum qilishlaricha, to‘y kunduzi soat ikkilarda boshlangan. Kechki soat 19.00 larga kelib, Qashqadaryo viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga “o‘tkir gastroenterit” tashxisi qo‘yilgan dastlabki bemorlar kela boshlagan.

Navbatchi shifokor Bahrom Shodiyevning aytishicha, xuddi shu shikoyat bilan shifoxonaga juda ko‘p odam murojaat qilgan. Shu bois shifoxona to‘rt kundan beri kuchaytirilgan rejimda ishlamoqda.

“Barcha jabrlanganlar kerakli muolajalar o‘tkazilmoqda, ularga zarur preparatlar berilmoqda. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor, ularning soni 25 nafar. Bolalarning ahvoli qoniqarli”, — deydi Bahrom Shodiyev.

“Jiyanlarim 20 yoshli Yulduz va 17 yoshli Umidani to‘ydan keyin uchratdim. Ular sog‘lig‘idan shikoyat qila boshlashdi va biz darhol kasalxonaga bordik. Ularga o‘tkir gastroenterit va salmonellyoz tashxisi qo‘yildi. Kasalxonaga kelganda zaharlanganlar faqat ular emasligini bildik. Afsus quvonchli kun bunday voqea yoqimsiz hodisa bilan yakunlandi”, — deydi Marhabo Naimova.

Shifoxona bosh shifokori juda bandligi bois voqeaga izoh berish berishdan bosh tortdi. Biroq, qabul qilish bo‘limining hamshiralaridan biri Shahzoda Eshmurodovaning aytishicha, so‘nggi kunlari kasalxonaga 400 nafarga yaqin kishi xuddi shunday shikoyat bilan murojaat qilgan. Ularning hammasi ham shifoxonaga yotqizilmagan. Shifoxonaga qolishni istamaganlar, muolajalar va inyeksiyalarni qabul qilib, uyda davolanishga ketgan.

“Baxtli oila” restorani Qashqadaryodagi eng yirik marosimlar uylaridan biri bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 600 nafar mehmonni qabul qilish imkoniyatiga ega. 27-sentabr kuni bu yerda o‘tkazilgan to‘y marosimida u mehmonlar bilan to‘la bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, viloyat Yuqumli kasalliklar shifoxonasida maxsus shtab tashkil etildi, ayni paytda Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining malakali mutaxassislari ushbu shtabga jalb etilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar belgilab olindi, bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida barcha zurur dori-darmonlar zaxirasi yaratilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют