» » Vladimir Norov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belgiyada bo‘ldi

Vladimir Norov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Belgiyada bo‘ldi


23—25-sentabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Vladimir Norov rahbarligidagi delegatsiya Belgiyada bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.

Tashrif doirasida Yevropa tashqi faoliyat xizmati, Yevroparlament va Belgiya Qirolligi parlamentida muzokaralar o‘tkazildi. Yevroparlament, Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti va Janubiy Osiyo demokratiya forumida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvlar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Xalqaro munosabatlar bo‘yicha axborot-tahlil markazi bilan Yevropaning Osiyo tadqiqotlari instituti hamda Janubiy Osiyo demokratik forumi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari bo‘yicha muntazam ravishda ekspert muhokamalari o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют