» » O‘zbekistonda gaz va elektr narxi oshadi. Qachon va necha foizga oshishi hozircha noma’lum

O‘zbekistonda gaz va elektr narxi oshadi. Qachon va necha foizga oshishi hozircha noma’lum


“O‘ztransgaz” va “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatlari ayni paytda iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda aholiga yetkazib berilayotgan gaz va elektr narxini necha foizga oshirish mumkinligi masalasini muhokama qilmoqda. Bu haqda bugun, 3-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press klub sessiyasida ma’lum qilindi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova.

Qayd etilishicha, gaz va elektr energiyasi yetkazib beruvchi kompaniyalar aholining turli ijtimoiy sharoitdagi qatlamlari uchun alohida-alohida ijtimoiy me’yorni ham ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.

“Hozirda ushbu masalalar Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi bilan birga muhokama qilinmoqda. Biroq elektr tokining qachon va necha foizga oshishi hozircha noma’lum”, — deydi “O‘zbekenergo” AJ vakili.

Gaz bo‘yicha ham xuddi shunday muhokama olib borilmoqda. Butun dunyoda energetika resurslari o‘zaro taqqoslanadi. Buning sababi tizimda taqqoslash ishlarini olib bormasak, oqim o‘zgarib qolishi mumkin. Agar biz hozir gazning narxini o‘zgartirmasak, energetika yoki boshqa sohada inqirozga uchrashimiz mumkin. Nima uchun biz energetikani tejashimiz kerak? Tejash nimaning hisobidan bo‘ladi?  Kam ta’minlangan oila yoki kam talab qiladigan odamga imtiyozlar berilishi kerak. Ko‘p oladigan odamga boshqa tarif bo‘lishi kerak, oddiy iste’molchiga boshqa tarif bo‘lishi kerak. Ana shunda tejamkorlik bo‘ladi.

Sharifjon Tursunov, “O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi

“O‘zbekneftgaz” AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari Odil Temirovning aytishicha, aholiga yetkazib berilayotgan gaz narxi aholiga 289 so‘mdan 320 so‘m atrofida oshirilishi, iqtisodiyot tarmoqlari tizimidagi “O‘zbeknergo”, “O‘zkimyosanoat” korxonalariga 600 so‘m miqdorida yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda tabiiy gaz va elektr energiyasi narxi so‘nggi marta 2018-yilning 1-aprelidan oshirilgan edi.

O‘shanda 10 metr kub tabiiy gaz narxi 10 foizga oshirilib, hisoblagich bo‘lganda 2897,4 so‘m etib belgilangan, 1 kilovatt/soat elektr energiyasi narxi esa 11,89 foizga oshib 228,6 so‘mni tashkil etgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют