» » “Daryo” surishtiruvidan so‘ng: Shahrixonlik Farhodbekka nogironlik aravachasi topshirildi. Otasi ish, oilasi esa ko‘mir bilan ta’minlandi

“Daryo” surishtiruvidan so‘ng: Shahrixonlik Farhodbekka nogironlik aravachasi topshirildi. Otasi ish, oilasi esa ko‘mir bilan ta’minlandi


Mirolim Isajonovning “Daryo” saytida e’lon qilingan maqolasida Andijon viloyati, Shahrixon tumani, “Nayman” mahallasida yashovchi bolalikdan nogiron Farhodbek Bahodirov mutasaddilar e’tiboridan chetda qolayotgani ma’lum qilingandi.

Joriy yil 2-oktabr kuni Shahrixon tuman hokimligi, Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, Mudofa ishlari vazirligi Andijon bo‘linmasi, “Shahrixon” gazetasi hamda “Yoshlar” teleradiokanali vakillari Farhod Bahodirov xonadoniga keldi.

Farhodbekning orzularidan biri ushaldi. Unga hokimlik va Yoshlar ittifoqi tuman kengashi tomonidan nogironlik aravachasi topshirildi.

Yana bir e’tiborli jihati, hokimlik tomonidan Farhodbekning otasi mavsumiy ish bilan ta’minlanib, oilaga qish fasli uchun 1 tonna ko‘mir ajratildi.

Yoshlar ittifoqi Farhod Bahodirov kelgusida to‘garaklarga ham bepul jalb etilishini bildirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-10-2018, 16:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют