» » Time jurnali AQSh va KXDR prezidentlarini Nobel mukofotiga munosib nomzod deb topdi

Time jurnali AQSh va KXDR prezidentlarini Nobel mukofotiga munosib nomzod deb topdi


AQSh prezidenti Donald Tramp tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritish uchun nomzodlardan biriga aylandi. Bu haqda The Time jurnaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mukofotni qo‘lga kiritish uchun yetakchilar orasida KXDR rahbari Kim Chen In va Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In ham bor. Ular Koreya yarim orolining yadrosizlanishi uchun mukofot bilan taqdirlanishi mumkin. Trampning imkoniyati bukmekerlar tomonidan 2ga 5 sifatida baholanmoqda. U AQSh va KXDR o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tarixdagi oliy darajada tashkillashtirilgan birinchi sammit tufayli mukofot laureatiga aylanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Kataloniyaning mintaqaviy hukumati sobiq rahbari va uning mustaqilligi tarafdori bo‘lgan Karles Puchdemon, Rim papasi, Saudiya Arabistoni jamoat arbobi va bloger, ayni damda qamoqda bo‘lgan Raif Badaviy ham mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-10-2018, 14:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют