» » Toshkent viloyatida 5—7-oktabr kunlari Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi bo‘lib o‘tadi

Toshkent viloyatida 5—7-oktabr kunlari Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi bo‘lib o‘tadi


Joriy yilning 5—7-oktabr kunlari Toshkent viloyatining “Layner” tog‘-kurort majmuasida “Nur terapiyasining zamonaviy yutuqlari va uning Markaziy Osiyodagi istiqbollari” bo‘yicha Markaziy Osiyo radioonkologiya kongressi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda O‘zbekiston, Germaniya, Rossiya, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston nur terapiyasi, radioonkologiya sohasi bo‘yicha yetakchi mutaxassislari ishtirok etishi kutilmoqda.

Xorijlik mutaxassislar Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bo‘lib, bu yerdagi nur terapiyasi amaliyoti bilan yaqindan tanishadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi va Toshkent shahar hokimiyatida o‘tkaziladigan uchrashuvlarda O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida soha bo‘yicha o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Ushbu tadbir doirasida ko‘rgazma, xalqaro kompaniya va ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-10-2018, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют