» » Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi doirasida 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda

Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi doirasida 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kutilmoqda


Shavkat Mirziyoyevning Fransiyaga tashrifi chog‘ida umumiy qiymati 4 mlrd yevrolik shartnomalar imzolanishi kerak. Bu haqda Yevropa istiqbol va xavfsizlik tadqiqotlari instituti prezidenti Emmanuel Dyupyuiga tayanib  Turon 24  xabar berdi.

“Iqtisodiy aloqalar haqida gapirsak, albatta, bu Prezident Mirziyoyev 8—9-oktabr kunlari Parijga kelganida ma’lum bo‘ladi. 4 milliard yevro qiymatga ega shartnomalar imzolanishi kerak. Bularning katta qismi energetika sohasiga — Orano (sobiq Areva) kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va sizning mamlakatingizda atom elektrostansiyasi qurilishi ehtimoliga bog‘liq. Bu kutilayotgan shartnomalardan biri”, — deydi Dyupyui.

Uning aytishicha, Orano – uranni qazib chiqarishga ixtisoslashgan davlat kompaniyasi bo‘lib, yaqinda o‘tkazilgan izlanish va hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekistonda 230 ming tonna uran borligi aniqlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-10-2018, 14:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют