» » Saudiya Arabistonini Istanbuldagi elchixonada jurnalistni o‘ldirganlikda ayblashmoqda

Saudiya Arabistonini Istanbuldagi elchixonada jurnalistni o‘ldirganlikda ayblashmoqda


Saudiyalik jurnalist Jamal Xashkajiy Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida o‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti maslahatchisi Yasin Aktay ma’lum qildi, deb yozadi “Vzglyad”.

“Menda uni o‘ldirishgandek hissiyot bor”, — dedi u.

Saudiya Arabistoni Turkiya tomoni vakillariga “tekshiruv uchun kelishga” ruxsat bergan.

“Ammo ular albatta jasadni yo‘q qilgan”, — dedi Aktay Saudiya Arabistonini kuzatuv kameralarining yozuvlari yo‘qligini ma’lum qilgani uchun ikkiyuzlamachilikda ayblar ekan.

Anqara fikricha, Istanbulga ikkita samolyotda yetib kelgan va aynan Xashkajiy u yerda bo‘lgan kuni konsulxonaga kirgan 15 nafar saudiyaliklardan iborat guruh hodisaga “shubhasiz aloqador”.

Guruhga rasmiy shaxslar kirgan, ular allaqachon mamlakatni tark etgan.

Avvalroq Turkiya politsiyasi jurnalistning Istanbuldagi Saudiya Arabistoni bosh konsulxonasida o‘ldirilganligi versiyasini ko‘rib chiqayotgani, ammo diplomatik vakolatxona ayblovlarni rad etayotgani xabar berilgan edi.

Jurnalist 2-oktabr kuni g‘oyib bo‘lgan. U konsulxonaga hujjatlarni rasmiylashtirish uchun kirgan, biroq qallig‘ini kiritishmagan. Besh soatdan keyin qizga Xashkajiy allaqachon binodan chiqib ketganini aytishgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-10-2018, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 47) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют