» » O‘zbekiston pasportlar indeksida 82-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston pasportlar indeksida 82-o‘rinni egalladi


Fuqarolik va doimiy turar joy masalalari bo‘yicha global konsultatsiya markazi bo‘lgan Henley & Partners kompaniyasi pasportlar indeksi (Passport Index) bo‘yicha yangi reytingni e’lon qildi. Bu haqda “Xalq so‘zi Online” xabar berdi.

Tashkilot rasmiy saytida e’lon qilingan reytingda O‘zbekiston 82-o‘rinni egalladi. Bir necha oy muqaddam e’lon qilingan reytingda O‘zbekistonning o‘rni 76-o‘rinda qayd etilgandi.

Henley & Partners kompaniyasining yillik Pasportlar indeksi jahonning 200 dan ortiq davlatlari va hududlaridagi vizalar qoidalarini tahlil qiladi hamda ularni vizasiz chiqiladigan mamlakatlar soni bo‘yicha ajratib chiqadi.

Henley & Partners kompaniyasi barcha mamlakatlar va hududlardagi viza tartib-qoidalarini diqqatlik bilan o‘rganib chiqdi hamda harakatlanish erkinligi darajasi bo‘yicha mamlakatlar ro‘yxatini tuzdi.

Indeksga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari vizasiz 59 mamlakatga borishlari mumkin.

Reytingda birinchi o‘rin Yaponiyada. Yaponiya pasporti bilan dunyoning 190 mamlakatiga vizasiz sayohat qilish mumkin. Ikkinchi o‘rin Germaniya va Singapurga berildi (189 mamlakat).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют