» » MIB andijonlik tadbirkorning qing‘ir ishini fosh etdi

MIB andijonlik tadbirkorning qing‘ir ishini fosh etdi


Andijonlik tadbirkor o‘zi ta’sischi bo‘lgan muassasa tasarrufidagi SE-303 rusumli hisoblagichning raqamlarini o‘zgartirib, “nol” holatiga keltirib, xufyona 100 299 124 so‘mlik elektr energiyasini ishlatgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi organlari tomonidan nazorat tadbirlari jarayonida joylarda egri yo‘lni tanlagan ayrim fuqarolar tomonidan elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi tarmoqlariga qonunga xilof ravishda o‘zboshimchalik bilan ulanib yoki boshqa usullar orqali davlat mulkini talon-toroj qilayotganlik holatlari aniqlanmoqda.

Byuroning Andijon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Chinobod ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli elektr hisoblagich nazorat tartibida o‘rganildi. Tekshirish davomida, ushbu asbobning ichki xotirasiga tashqi ta’sir o‘tkazilganligi aniqlangan. Shu sababli, elektr hisoblagich dalolatnoma bilan joyidan chiqarilib, ekspertizaga taqdim etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor S.S. o‘zi ta’sischi bo‘lgan muassasa tasarrufidagi SЕ-303 rusumli hisoblagichning raqamlarini o‘zgartirib, “nol” holatiga keltirgan. Ushbu harakati bilan u iste’mol qilingan elektr miqdorini yashirish orqali, to‘lovdan bo‘yin tovlagan. Biroq, tekshirishlar davomida uning g‘ayriqonuniy ishi tufayli hududiy elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga yuqorida ko‘rsatilgan miqdorda ziyon yetkazilishiga sababchi bo‘lgani aniqlandi.

Korxona rahbari S.S.ning harakatlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli bandida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud bo‘lsa-da, davlat manfaatlariga yetkazilgan zararni ixtiyoriy bartaraf etganini inobatga olib, S.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JPKning tegishli moddasiga asosan jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad etildi.

Tadbirkordan davlat manfaatlariga keltirilgan zarar to‘laligicha undirilishi bilan birga, qayta ulash uchun eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida to‘lov ham undirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-10-2018, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют