» » OFK Jaloliddin Masharipovni 6 oyga xalqaro maydondagi o‘yinlardan chetlatdi, qo‘shimchasiga 5 ming dollar jarima belgiladi

OFK Jaloliddin Masharipovni 6 oyga xalqaro maydondagi o‘yinlardan chetlatdi, qo‘shimchasiga 5 ming dollar jarima belgiladi


O‘zbekiston terma jamoasi va Toshkentning “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan 6 oy muddatga diskvalifikatsiya qilindi, deb yozadi Turon24 AA.

OFK tomonidan chiqarilgan qarorga ko‘ra, Jakartada bo‘lib o‘tgan Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqalari chorak finalida O‘zbekiston (U23) – Janubiy Koreya (U23) uchrashuvidan keyin hakamga qarata suv idishini otgan o‘zbekistonlik futbolchi 6 oy muddatga o‘rtoqlik o‘yinlaridan diskvalifikatsiya qilindi. Futbolchi, shuningdek, 5 ming AQSh dollar jarimaga tortildi. Mazkur jarima 30 kun ichida to‘lab berilishi shart qilib qo‘yilgan.

Endilikda futbolchi O‘zbekiston terma jamoasi safida aprel oyiga qadar o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok eta olmaydi. Masharipov oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan KXDR va Qatarga qarshi uchrashuvlarni ham o‘tkazib yuboradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-10-2018, 19:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют