» » O‘zbekistonda o‘qituvchilar va bog‘cha tarbiyachilari uchun tibbiy ko‘rik bepul bo‘ladi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar va bog‘cha tarbiyachilari uchun tibbiy ko‘rik bepul bo‘ladi


Adliya vazirligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tahlil qilish natijalariga ko‘ra Mehnat kodeksining 214-moddasi birinchi qismiga qo‘shimcha kiritish haqidagi qonun loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

Mehnat kodeksining 214-moddasida ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart bo‘lgan xodimlar ro‘yxati ko‘rsatilgan hamda tibbiy ko‘riklardan o‘tilishi munosabati bilan xodimlar chiqimdor bo‘lmasligi belgilangan.

Tahlillarga ko‘ra, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlari o‘zlarining shaxsiy mablag‘lari hisobidan sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Loyihada ijtimoiy himoyaga muxtoj fuqarolarni hamda umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarining bevosita bolalarga ta’lim va tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlarini ish beruvchining byudjet mablag‘lari hisobidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tartibi nazarda tutilmoqda.

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bilan ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan fuqarolarni, shuningdek pedagog xodimlarni davlat tomonidan ijtimoiy himoya qilinishi ta’minlanishiga erishiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-10-2018, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют