» » Yil boshidan buyon ko‘rib chiqilgan jinoiy ishlar soni 36,5 foizga kamaydi

Yil boshidan buyon ko‘rib chiqilgan jinoiy ishlar soni 36,5 foizga kamaydi


Joriy yilning to‘qqiz oy ichida sudlar 36889 kishiga nisbatan 28830 ta ishni ko‘rib chiqdi, bu esa 2017-yilga nisbatan ishlarning 36,5 foizga va shaxslarning 37,9 foizga kamayganini ko‘rsatadi. Bu haqida O‘zbekiston Oliy sudining rasmiy vakili Aziz Abidovga tayanib, "Gazeta.uz" ma’lum qildi.

Bunda 590 kishi oqlandi va reabilitatsiya qilindi, sudlanganlarning soni 27193 nafarni tashkil etdi, ulardan 6696 nafari ozodlikdan mahrum etildi, 18,9 ming kishiga jazoning boshqa shakllar qo‘llanildi va 1597 kishi shartli jazoga hukm qilindi.

2449 kishi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazo qo‘llanmaganligi sababli sud zalida ozod etildi, 23487 kishi ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tashdan shartli ravishda muddatidan oldin ozod etildi, 7216 kishining jazosi yengilroq jazoga almashtirilgan, 5462 kishi dastlabki tergov organlari tomonidan asoslanmagan ayblovdan chetlatildi yoki ularga bog‘liq moddalar qayta tayinlandi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan qasddan odam o‘ldirish, zo‘rlash, bosqinchilik, talonchilik, pora olish va pora berish, poraxo‘rlikda vositachilik qilish, bezorilik, avtomobil o‘g‘irlash, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni noqonuniy aylanishini tashkil etish kabi jiddiy jinoyatlar uchun sudlanganlik darajasi pasaygan.

Hisobot davrida yarashuv institutining faoliyati natijasida 6914 kishi jinoiy javobgarlikdan ozod etildi.

294,2 milliard so‘mdan ortiq miqdorda moddiy zarar yetkazilgan 2980 nafar kishiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo’lmagan jazo qo‘llanilgan.

13096 ta jinoyat ishi, ya’ni barcha holatlarning deyarli 46 foizi sayyor sud majlislarida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sud hay’ati tomonidan 1191 kishiga nisbatan 917 ta ish nazorat tartibida ko‘rib chiqildi. Quyi sudlarning 655 kishiga nisbatan qarorlari bekor qilindi va 433 kishiga nisbatan sud qarorlari o‘zgartirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-10-2018, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют