» » Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonda 553,4 ming bola tug‘ilgan

Joriy yilning 9 oyida O‘zbekistonda 553,4 ming bola tug‘ilgan


2018-yilning to‘qqiz oyi mobaynida O‘zbekistonda 553,4 ming nafar bola tug‘ilgan. Tug‘ilish koeffitsiyenti har 1000 kishiga 22,5 promilleni tashkil etadi. Bu haqda Turon 24 xabar berdi.

Xususan, tug‘ilgan o‘g‘il bolalar 289,3 ming nafarni, qiz bolalar soni esa 264,1 mingtani tashkil etadi.

Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand (71,9 ming), Qashqadaryo (59,3 ming) va Farg‘ona (58,7 ming) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Eng kam tug‘ilish esa Navoiy (15,9 ming) va Sirdaryo (13,3 ming) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan to‘qqiz oy ichida bir yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi esa 5,6 mingni tashkil etgan. Ularning ko‘p qismi onaning homiladorlik davridagi muammolar sababli (60,8 foiz), nafas olish yo‘llari xastaliklari orqali (16,6 foiz), tug‘ma patologiya (11,7 foiz) va turli infeksiyalar (4,4 foiz) tufayli vafot etishgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-10-2018, 10:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют