» » O‘zbekiston OTMlarida super-kontraktlar narxi ham ko‘tariladimi?

O‘zbekiston OTMlarida super-kontraktlar narxi ham ko‘tariladimi?


O‘zbekistonda eng kam ish haqi miqdori 10 foizga oshishi ortidan superkontraktlar narxi ham ko‘tariladimi? Xushnud Xudoyberdiyev ko‘pchilikni qiziqtirgan ushbu savolga izoh qoldirgan.

Xudoyberdiyevga ko‘ra, super-kontraktlar narxi oshmaydi, ya’ni kelgusi semestrda yana qo‘shimcha to‘lov qilish shart bo‘lmaydi.

Bunga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag‘larni taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom”i asos bo‘lib xizmat qiladi. Nizomning 18-bandida “Ish haqi va stipendiyalar miqdorlarining, energiya resurslari, kommunal va ekspluatatsiya xizmatlarining narxlari va tariflari o‘zgarishi munosabati bilan kontrakt asosida o‘qitishning to‘lov miqdori (oshirilgan to‘lov-kontrakt miqdori bundan mustasno) o‘quv yili davomida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin” ekanligi belgilangan.

Ma’lumot uchun, super-kontrakt faqat 1-kurs uchun to‘lanadi. 2-kursdan boshlab barcha uchun belgilangan oddiy kontrakt narxini (EKIHning 45 barobaridan 60 barobarigacha) to‘lash boshlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-10-2018, 08:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют