» » O‘zbekistondagi sport ta’lim muassasalarida mavjud 1089 ta isitish qozonidan 57 tasining yaroqsizligi aniqlandi

O‘zbekistondagi sport ta’lim muassasalarida mavjud 1089 ta isitish qozonidan 57 tasining yaroqsizligi aniqlandi


Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sport muassasalari faoliyati, kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, 2018-yilda qurilib foydalanishga topshiriladigan sport obyektlarida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga qamrab olish, ular o‘rtasida olib borilayotgan targ‘ibot ishlari bilan tanishdi, deb xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Vazir tashrifi davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida sport ta’lim muassasalarida mavjud 1089 ta isitish qozonidan 57 tasining yaroqsizligi va 116 ta isitish qozoniga ehtiyoj mavjudligi aniqlandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning kelib chiqish sabablari muhokama qilinib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimlarga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

Vazirlik tizimidagi sport ta’lim muassasalarida issiqlik me’yorida bo‘lishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning barcha hududlarida 807,5 metr kvadrat yaroqsiz holga kelib qolgan deraza oynalari almashtirildi, elektr tizimi bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlanib, bartaraf etildi, 258 metr uzunlikdagi issiqlik tarmog‘i izolyatsiyalandi, 1941 tonna ko‘mir, 700,7 tonna briket yoqilg‘isi bilan ta’minlandi.

Sport ta’limi muassasalarini 2018—2019-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash bo‘yicha barcha hududiy hokimliklar tomonidan 4,1 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar 3,2 milliard so‘m moliyalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 12:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют