» » O‘zbekiston alohida e‘tiborga muhtoj bolalarni himoya qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi

O‘zbekiston alohida e‘tiborga muhtoj bolalarni himoya qilishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlaydi


O‘zbekistonda ijtimoiy jihatdan alohida e’tiborga muhtoj bolalarni himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni muhokama qilishga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya Toshkentda o‘z ishini boshladi. Bu haqda UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu sohadagi milliy siyosat va jahon amaliyoti muhokama qilinadigan ushbu tadbirda Hukumat vakillari va bir qator davlatlardan tashrif buyurgan xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

Ikki kunlik konferensiya ishtirokchilari qiyin hayotiy vaziyatda qolgan, jumladan ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan hamda qonun bilan ziddiyatdagi bolalarni himoya qilish masalalarini muhokama qiladi. O‘zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini eng ilg‘or xalqaro tajriba asosida yanada mustahkamlashga alohida e’tibor beriladi.

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi va UNICEF birgalikda o‘tkazgan baholash natijalari bolalar ijtimoiy himoyasi uchun mas’ul yagona muvofiqlashtiruvchi organni tashkil qilish hamda ijtomoiy xodim kasbini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatdi.

Sog‘liqni saqlash, ta’lim va yoshlar masalalari bilan bir qatorda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiradi.

“Dunyodagi har bir mamlakat zaif oilalarni va bolalarni aniqlay oladigan, ularning ehtiyojlarini qondiradigan ijtimoiy xizmatlarni ta’minlaydigan va bu xizmatlarni taqdim etishni muvofiqlashtirish va nazorat qilishga qodir bo‘lgan bolalarni himoya qilishning kuchli tizimiga sarmoya kiritishi kerak,” — dedi UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sasha Graumann.

“Bolalarni himoya qilishning samarali tizimlari bolalarga nisbatan zo‘ravonlik qilish, qo‘pol munosabat va beparvolik holatlarining oldini olish va ularga javob qaytarish uchun mavjud tizimdagi kamchiliklarni baholash va muhokama qilish orqali yaratiladi”

Xalqaro konferensiya Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi, “Sen yolg‘iz emassan” jamg‘armasi, “Oila” markazi va UNICEF tomonidan tashkil etilgan.

UNICEF bolalarni himoya qilish tizimini mustahkamlash va mamlakatning barcha hududlarida ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning ahvolini yaxshilash uchun Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaning tavsiyalarini bajarish uchun O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 16:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 114) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют