» » O‘zbekiston va Gazprom International Jel koni bo‘yicha kelishuv imzoladi

O‘zbekiston va Gazprom International Jel koni bo‘yicha kelishuv imzoladi


Gazprom International kompaniyasi va O‘zbekiston Qoraqalpog‘istondagi Jel gaz konini qazib olish loyihasi bo‘yicha Mahsulotni taqsimlash haqidagi bitimni imzoladi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Bitimning amal qilish muddati — 25 yil. “Loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasining Mahsulotni taqsimlash bitimida ishtirokidan daromad olish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, mineral-xom ashyo bazasini rivojlantirishga hissa qo‘shish, Ustyurt mintaqasi konlarini geologik o‘rganish, dunyoning neft sohasidagi eng yaxshi tajribasiga asoslangan texnologiyalarni rivojlantirish, ilg‘or tajriba almashish, mutaxassislarni o‘qitish rejalashtirilmoqda”, — deya ta’kidlanadi “O‘zbekneftgaz” xabarida.

Qoraqalpog‘istonning Qo‘ng‘irot tumani Ustyurt platosida joylashgan Jel koni 2009-yilda ochilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-10-2018, 23:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 19) ( 0) ( 19) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют