» » Qirg‘iziston sobiq prezidentining maslahatchisi Rossiyada qo‘lga olindi va Bishkekka jo‘natildi

Qirg‘iziston sobiq prezidentining maslahatchisi Rossiyada qo‘lga olindi va Bishkekka jo‘natildi


Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning maslahatchisi, qidiruvda bo‘lgan Ikromjon Ilmiyanov Moskvadan Bishkekka olib kelindi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

18-oktabr, payshanba kuni Bishkekning Pervomayskiy tumani sudi Ilmiyanovni hibsga olish to‘g‘risida sirtdan qaror chiqargandi. U prezident apparati rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlagan, jamoatchilik noroziligidan so‘ng prezident maslahatchisi etib tayinlangandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Ilmiyanov 150 ming dollar miqdorida pora olishda gumonlanib qidiruvga berilgandi.

“Qirg‘iziston sobiq prezidentining maslahatchisi Moskvada hibsga olindi va allaqachon Bishkekka yetkazildi. Bugun tunda Moskva — Bishkek reysi yo‘lovchilari samolyotdagi soqolli erkakning Ikromjon Ilyaminov ekanligini ko‘rgan”, — deyiladi xabarda.

Almazbek Atambayev o‘tgan yil oxirida prezidentlik lavozimini tark etgan, uning o‘rniga Sooronbay Jeenbekov prezident etib saylangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-10-2018, 15:01)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 122) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют