» » “Davgeolqo‘m” va Turkiya kompaniyasi o‘rtasida oltin konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bitim imzolandi

“Davgeolqo‘m” va Turkiya kompaniyasi o‘rtasida oltin konlarni o‘zlashtirish bo‘yicha bitim imzolandi


Samarqand viloyatidagi G‘allabuloq va Qushtepada oltinga oid obyektlarni o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida Davlat geologiya qo‘mitasi va Turkiyaning “TASHYAPI” kompaniyasi o‘rtasida geologiya-qidiruv ishlarini hamkorlikda qilishning soddalashtirilgan tartibi tasdiqlangan. Bu haqda “Daryo”ga “Davgeolqo‘m” matbuot xizmati xabar berdi.

2018-yil 25-oktabrda loyihani amalga oshirish to‘g‘risidagi bitim imzolandi, unga binoan, birinchi bosqichda “TA?YAPI IN?AAT TAAHH?T SANAYI VE TICARET A.?.” kompaniyasi keyingi yillarda quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

“TA?YAPI IN?AAT TAAHH?T SANAYI VE TICARET A.?.” kompaniyasi keyingi 4 oy davomida barcha tadbirlarini amalga oshirish niyatida. Loyihaning birinchi bosqichining ijobiy natijalaridan so‘ng tomonlar oltin zaxiralarini rivojlantirishda hamkorlik qilishning shakl va shartlari to‘g‘risida kelishadilar.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 328-sonli qarori bilan strategik jihatdan muhim bo‘lgan qattiq foydali qazilmalarning 111 ta istiqbolli maydonlari va 29 ta koni ro‘yxati tasdiqlangan va ularni geologik o‘rganish va o‘zlashtirish uchun chet el investitsiyalari jalb qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют