» » Xitoy Trampga o‘z ayfonlarini “xavfsiz” Huawei’ga almashtirishni tavsiya qildi

Xitoy Trampga o‘z ayfonlarini “xavfsiz” Huawei’ga almashtirishni tavsiya qildi


Xitoy va Rossiya rasmiylari Donald Trampning telefoni mazkur mamlakatlar maxsus xizmatlari tomonidan eshitib turilgani haqidagi The New York Times nashrida e’lon qilingan maqolaga munosabat bildirdi. Kreml vakillari vaziyatga “yumor bilan yondashishgani”ni ma’lum qilgan bo‘lsa, Xitoy hukumati AQSh prezidentiga ayfon o‘rniga Huawei smartfonlaridan foydalanishni tavsiya qildi.

Xitoy tomonidan ushbu vaziyat yuzasidan mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunyin xonim fikr bildirdi. U Trampning telefoni Xitoy maxsus xizmatlari tomonidan eshitib turilgani haqidagi ayblovlarni rad etib, ushbu axborotni “feyk yangilik” namunasi deb atadi. Chunyinning so‘zlariga ko‘ra, agar Tramp xavfsizlikni o‘ylab qayg‘urayotgan bo‘lsa, u holda ayfonini Huawei’ga almashtirgani yoki barcha kommunikatsiyalarni o‘chirib qo‘ygani ma’qul.

Chunyinning bu so‘zlari — nafaqat AQSh sha’niga aytilgan hazil, balki “kosa tagida nimkosa” uslubidagi bir kinoya ham, chunki AQShda Huawei qurilmalari savdosi taqiqlangan. Taqiqqa Huawei Xitoy hukumati bilan yaqin hamkorlik qilishi haqidagi gap-so‘zlar sabab bo‘lgan, bundan AQShdagi barcha davlat idoralari ogohlantirilgan. Tabiiyki, Tramp xohlasa ham Huawei’dan foydalana olmagan bo‘lardi.

Rossiya tomondan The New York Times’dagi maqolaga Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov sharh berdi. U ushbu masala yuzasidan “ehtimol, bu borada qandaydir batafsil axborotga ega bo‘lgan” nashrning o‘ziga murojaat etishni tavsiya qildi. Uning ta’kidlashicha, Kreml ushbu gazeta “jurnalistlik mas’uliyati sustlashib ketganiga dalil bo‘lguvchi bunday axborotni o‘ylamay chop etgani”dan afsusda.

24-oktabr kuni The New York Times gazetasida AQSh prezidenti Donald Tramp uchta ayfondan foydalanishi, ularning ikkitasi xafvsiz, lekin uchinchisi xavfsiz emasligi haqida maqola chiqqandi. Nashrning yozishicha, Trampning shaxsiy telefonini Xitoy va Rossiya maxsus xizmatlari eshitib turishi mumkin.

The New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy hukumatidan farqli o‘laroq, Putinning AQSh prezidentiga nisbatan iliq munosabatidan kelib chiqib, Rossiyada Trampning telefonini eshitib turish uchun katta bir manfaat yo‘q. Biroq Xitoy maxsus xizmatlari ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo urushida Trampga ta’sir ko‘rsata olish uchun “har qanday dalil”ni izlamoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 10:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 143) ( 0) ( 142) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют