» » “Metrologiya. O‘lchash natijalarining xalqaro e’tirof etilish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi

“Metrologiya. O‘lchash natijalarining xalqaro e’tirof etilish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi


“O‘zstandart” agentligi va Germaniyaning Fizika-texnik federal instituti o‘rtasidagi “Markaziy Osiyo mamlakatlarida sifat infratuzilmasini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvni bajarish doirasida “Metrologiya. O‘lchash natijalarining xalqaro e’tirof etilish yo‘llari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarining e’tirof etilishiga erishish kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlarini Milliy o‘lchash etalonlarini va milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro e’tirof etish to‘g‘risidagi kelishuv doirasida Xalqaro o‘lchov va tarozilar byurosining Asosiy solishtirishlar ma’lumotlar bazasida chop etish yo‘li bilan, tan olingan akkreditatsiya idoralarida laboratoriyalar omilkorligini akkreditatsiya qilish orqali tasdiqlash yo‘li bilan amalga oshirilishi ma’lum.

Bunday kelishuvlarda ishtirok etish milliy metrologiya institutlari va akkreditatlangan laboratoriyalarning texnik hamkorligi uchun qulay sharoitlar yaratib, bu davlat iqtisodiyot sohalarida texnik to‘siqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi, shuningdek yanada kengroq kelishuvlar tuzilishi uchun texnik asos bo‘ladi.

E’tirof etilgan sertifikatlarning rasmiylashtirilish istiqboli, shu bilan birga mahalliy darajada yakuniy xizmat foydalanuvchilarida ishonch uyg‘otadi.

Konferensiyada O‘zbekistondan 20 ga yaqin yuridik shaxs, metrologiya xizmatlarining vakillari ishtirok etdi. Bu o‘lchash natijalarining xalqaro darajada e’tirof etilishini ta’minlash qismida ularning O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti faoliyati to‘g‘risidagi xabardorlik darajasini oshirishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-10-2018, 12:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют