WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Google jinsiy tegajoqlik ayblovlari sababli 48 xodimini ishdan bo‘shatdi
Google jinsiy tegajoqlik ayblovlari sababli 48 xodimini ishdan bo‘shatdi
Google kompaniyasi ikki yil ichida jinsiy tegajoqlikda ayblangan 48 nafar xodimini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda kompaniyaning ichki maktubiga tayanib, The Washington Post xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Xodimlar Google rahbari Sundar Pichaidan olgan maktubda ishdan bo‘shatilgan 48 kishidan 13 nafari kompaniyada yuqori lavozimlarni egallaganligi ta’kidlanadi. Shuningdek, unda lavozimidan chetlatilganlardan hech biri ishdan bo‘shash nafaqasini olmaganligi ta’kidlanadi.
Pichaining maktubi OAVlarining kompaniya haqidagi xabarlariga javob bo‘ldi. Xabarlarda Google tegajoqlikda ayblangan Android asoschisi Endi Rubinga ishdan bo‘shatilgandan so‘ng 90 million dollar to‘lab berganligi ta’kidlanadi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!