» » O‘zbekiston va Ukraina 2019-yil sentabrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Ukraina 2019-yil sentabrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda


O‘zbekiston va Ukraina 2019-yil sentabrida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Kiyevdagi elchisi Alisher Abdualiyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

“Bu masala kun tartibida turibdi, kelgusi yil sentabridan parvozlar tiklanishi ehtimoli bor. Mazkur masala ikki davlat aviatsiya rasmiylari tomonidan muhokama qilingan”, — ta’kidladi Abdualiyev.

Elchiga ko‘ra, joriy yil 6 oyi davomida O‘zbekistonga 6620 nafar ukrainalik borgan.

Shuningdek, Ukrainaga yo‘l olgan o‘zbekistonliklar soni ham kam emas. Ular asosan Minsk, Istanbul, Boku, Ostona va Olmaota orqali Kiyevga uchmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2018, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют