» » Qoraqalpog‘istonda 20 va 22 yoshli aka-ukalarga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berildi

Qoraqalpog‘istonda 20 va 22 yoshli aka-ukalarga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma berildi


FXDYo organlarida tizimli tekshirish natijasida mamlakatimizda, asosan chekka hududlar aholi punktlarida, turli sabablar hamda huquqiy bilimlari yetarli darajada bo‘lmaganligi, shuningdek, ota-onalar tomonidan farzandlariga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni olmaganliklari aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida, mamlakatimiz rahbari tomonidan joriy yilning iyun oyida tegishli qaror imzolandi. Unga ko‘ra, hokimiyat, xotin-qizlar qo‘mitasi, FXDYo bo‘limi, tuman tibbiyot birlashmasi hamda boshqa manfaatdor organlarning vakillaridan iborat maxsus guruh shakllantirildi.

FXDYo bo‘limi bilan birgalikda Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan har bir mahallada uyma-uy yurish ishlari olib borilmoqda. Ushbu ishlar natijasida qator muammmolar, jumladan, Qo‘ng‘irot tumani “Oltinko‘l” mahallasi fuqarolar yig‘inidagi bir oilada tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalari yo‘q 2 nafar bola — 1996-yil 23-yanvarda tug‘ilgan Atajanov Urazali Kulmurat o‘g‘li va 1998-yil 25-avgustda tug‘ilgan Atajanov Bekzat Kulmurat o‘g‘li yashab kelayotgani aniqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют