» » Bizga qancha kletchatka zarur?

Bizga qancha kletchatka zarur?


Kletchatka — bu ichaklarning foydali mikrofloralari yordamida qayta ishlanadigan, oshqozon fermentlari esa hazm qilolmaydigan murakkab uglevodlarning bir ko‘rinishi.

Kletchatkalar tomonidan zich tuzilishda shakllantirilgan o‘simliklarning poyasi va urug‘i kletchatkalarga eng boy hisoblanadi. Amalda kletchatkalar organizm tomonidan hazm qilinmasa ham hazm qilish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

Bundan tashqari u qondagi qand moddasining darajasini tartibga solib turadi.

Bir sutkada organizmga talab qilinadigan kletchatka miqdori — 20—30 grammni tashkil qiladi. Mushaklarini kuchaytirishga harakat qiluvchi sportchilarga esa bir sutkada 40 grammgacha kletchatka zarur bo‘ladi.

Kletchatkalarga eng boy bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘g‘doy kepagi va butundonli yormalar (perlovka, grechka, kinoa) kiradi. Ayniqsa suli yormasidagi beta-glyukan kletchatkalari organizm uchun foydalidir. Uni muntazam ravishda iste’mol qilish qondagi zararli xolesterin darajasini pasaytiradi.

Bundan tashqari kletchatkalar hamma sabzavotlar va mevalar, salat barglari va quruq mevalar tarkibida ham mavjud.

Опубликовано: admin (25-02-2017, 22:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют