» » Xorazmda ko‘prik quladi. Inshoot yuk mashinasining og‘irligini ko‘tara olmay qolgan (foto)

Xorazmda ko‘prik quladi. Inshoot yuk mashinasining og‘irligini ko‘tara olmay qolgan (foto)


“Urganch—Cholish” yo‘lining 10-kilometridagi kanal ustidan o‘tgan ko‘prik 1-noyabr kuni tunda qisman qulagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik yuk avtomobilining og‘irligini ko‘tarolmay qulagan. Transport vositasi uning ustidan o‘tib ketishga ulgurgan, jabrlanganlar yo‘q.

2-noyabr kuni holatiga “Urganch—Cholish” yo‘lining 10-kilometri yopib qo‘yilgan — undan Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani bilan bog‘lovchi Amudaryo ko‘prigiga o‘tishning iloji yo‘q. Barcha transport vositalari aylanma yo‘llarga yo‘naltirilmoqda. Fuqarolar esa ko‘prikning butun qolgan qismidan o‘tkazilmoqda.

“Hozirgi vaqtda qulab tushgan ko‘prik yonidan boshqa — vaqtinchalik (kichikroq) ko‘prikning qurilishi boshlab yuborilgan. Uni 3-noyabr kuni ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Qulab tushgan katta ko‘prikning qachon tiklanishi ma’lum emas”, — deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Avvalroq, 14-avgust kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanida 1975-yilda qurilgan ko‘prik qulagan, hodisa oqibatida to‘rt kishi jabrlangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют