» » Qoraqalpog‘istondagi “Saygachiy” qo‘riqxonasiga taqiq belgilari o‘rnatildi

Qoraqalpog‘istondagi “Saygachiy” qo‘riqxonasiga taqiq belgilari o‘rnatildi


Qoraqalpog‘istonning Ustyurt tekisligida joylashgan “Saygachiy” qo‘riqxonasiga taqiq belgilari o‘rnatildi. Endi begonalar ushbu belgilar o‘rnatilgan hududga kirishi qat’iyan man qilinadi, deya xabar beradi O‘zA.

— Ushbu belgilar sayg‘oqlarni saqlab qolish, asrab-avaylash, ularning bosh sonini ko‘paytirish, shuningdek, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish maqsadida o‘rnatildi, — deydi “Saygachiy” qo‘riqxonasi inspektori Bayram Uteuliyev.

Mazkur qo‘riqxona umumiy davlat ahamiyatidagi qo‘riqlanadigan tabiiy hudud sanaladi. 628 ming 300 gektar yer maydoniga ega qo‘riqxonaning alohida qo‘riqlanadigan maydoni 219 ming 800 gektarni tashkil qiladi. Maydon 5 ta — Beleuli, Churuq, Almanbet, Duvana va Jiydeli hududlariga bo‘lingan.

Qo‘riqxona hududida tashkilotning ikkita bazasi qurilgan. Bu bazalarda o‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish maqsadida reyd ishlari olib boriladi.

Qo‘riqxona hududida mahalliy sharoitga moslashtirish uchun o‘simlik va hayvonlar turlarini hamda kenja turlarini joylashtirish, o‘simliklar va landshaft qoplamasi, gidrogeologik rejimni o‘zgartirish va har qanday boshqa faoliyat yuritish taqiqlanadi. Shuningdek, qo‘riqxona yerlari va boshqa tabiiy ob’ektlaringa boshqa yuridik va jismoniy shaxslar egalik qilishi, foydalanishi va ijaraga berish ham man qilinadi.

Bu hududlarda faqat ilmiy-tadqiqot faoliyatini yuritish, biologik xilma-xillik monitoringini olib borish, majmua buyurtma qo‘riqxonasi xodimlari va ilmiy xodimlarning yashashi uchun bino va inshootlar qurish, qo‘riqxonaning tabiat muzeylari, jumladan, ochiq osmon ostidagi ekspozitsiyalarni joylashtirish ishlariga ruxsat beriladi.

Ma’lumot uchun, “Saygachiy” qo‘riqxonasi 2016-yilda Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlari hududida joylashgan “Saygachiy” buyurtmaxonasi negizida tabiatni muhofaza qilish muassasasi shaklida tashkil etilgan. Uning maqsadi alohida ekologik qimmatga ega bo‘lgan tabiiy ob’ektlar va majmualarni o‘z hududida asl tabiiy holatda saqlashdan iborat. Tashkilotda 13 ta xodim faoliyat yuritmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-11-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют