» » O‘zbekiston bosh konsuli Sverdlov viloyati gubernatori bilan uchrashdi

O‘zbekiston bosh konsuli Sverdlov viloyati gubernatori bilan uchrashdi


6-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Yekaterinburg shahridagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov Sverdlov viloyatining gubernatori Yevgeniy Kuyvashev bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston va Rossiyaning mazkur mintaqasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, Yekaterinburg shahrida Bosh konsullik ish boshlashi O‘zbekiston va Sverdlov viloyati munosabatlarini rivojlantirishga yangi turtki beradi.

Gubernatorning ta’kidlashicha, Sverdlov viloyati Namangan viloyati bilan aloqalar o‘rnatmoqda. Tomonlar kelgusi maqsadlar to‘g‘risida bayonnoma imzoladi va hamkorlik to‘g‘risida to‘la qonli hujjat tayyorlamoqda.

Savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash to‘g‘risida so‘z borar ekan 2017-yilning birinchi yarmidagi ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda O‘zbekiston va Sverdlov viloyati o‘rtasidagi savdo hajmi 2018-yil davomida deyarli 50 foizga oshib, 106 million AQSh dollarini tashkil etgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda boshqa sohalarda ham hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Bosh konsullik va viloyat ma’muriyati o‘rtasidagi hamkorlikning amaliy jihatlari ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-11-2018, 21:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 51) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют