» » Abdulaziz Komilov Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Germaniya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi


8-noyabr kuni Berlin shahrida hukumat delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya tashqi ishlar vaziri Hayko Maas bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari va siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda, shuningdek, “O‘zbekiston - Yevropa Ittifoqi” shaklidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Afg‘onistondagi vaziyat muhokamasi chog‘ida, Afg‘onistonda tinch muloqotni boshlashdan tomonlar manfaatdor ekanligi tasdiqlandi va bu mamlakatdagi loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Shu kunning o‘zida Berlin shahrida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, Abdulaziz Komilov Berlin shahrida Germaniya kanslerining tashqi siyosat va xavfsizlik siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Yan Hekker bilan ham uchrashdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalari, O‘zbekiston – Germaniya hamkorligini chuqurlashtirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Umumiy kun tartibini aniq mazmun bilan boyitish, ikki tomonlama munosabatlarga uzoq muddatli tus berish borasida tomonlarda qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-11-2018, 18:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют