» » Surxondaryoning Angor tumani hokimi o‘zgardi

Surxondaryoning Angor tumani hokimi o‘zgardi


Surxondaryo viloyati Angor tumaniga Usmon Turopov hokim etib tayinlandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 10-noyabrda bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida shu paytgacha hokim sifatida ishlab kelgan Baxtiyor Ibatov boshqa ishga o‘tganligi sababli lavozimidan ozod etilgan. Ibatov aynan qaysi lavozimga o‘tgani ma’lum qilinmagan.

Tumanning yangi hokimiga aylangan Usmon Turopov bungacha Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

“Shu kunlarda Denov tumaniga ham yangi hokim tayinlanishi kutilmoqda”, — deya xabar bermoqda “Turon 24” agentligi. 8-noyabr kuni Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati prokurori etib tayinlangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют