» » G‘azo sektoridan Isroil bo‘ylab kamida 10 ta raketa otildi

G‘azo sektoridan Isroil bo‘ylab kamida 10 ta raketa otildi


G‘azo sektoridan Isroil bo‘ylab kamida 10 ta raketa otildi. Bu Isroil armiyasining HAMAS dala qo‘mondonlaridan birini yo‘q qilish bo‘yicha maxsus operatsiyasiga javoban amalga oshirildi, deb yozadi “Exo Moskvi”.

Isroil maxsus xizmatlari G‘azo sektori janubiga 11-noyabr kuni kechqurun bostirib kirdi. Maxsus xizmatlar HAMAS jangari qanoti pozitsiyalariga 40 taga yaqin raketa tashlagan. Hujum oqibatida HAMAS qo‘mondonlaridan biri Nuriddin Salom Barak halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, hujum oqibatida G‘azo sektorida yashovchi yetti kishi halok bo‘lgan.

Yuzaga kelgan otishma oqibatida esa Isroil maxsus xizmati ofitseri ham halok bo‘ldi. Buni Isroil mudofaa armiyasi ham tasdiqlagan.

Tel-Avivning harakatlariga javoban Falastin radikallari kamida 10 ta raketa otgan.

Ziddiyat hozirda ham davom etmoqda. Ushbu ziddiyat tufayli Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu o‘zining Parij safariga muddatidan avval yakun yasagan. U Birinchi Jahon urushi tugashiga 100 yil to‘lishi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlarda ishtirok etayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2018, 17:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют