» » “Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida 2 himoyachisini sotib yuboradi

“Manchester Yunayted” qishki transferlar vaqtida 2 himoyachisini sotib yuboradi


Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi qishki transferlar vaqtida 2 himoyachi — Erik Bayi va Markos Roxoni sotib yuboradi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Mankunianlar 2 himoyachi sotuvidan kelib tushgan mablag‘ga yangi futbolchi sotib oladi. Asosiy nomzodlar ham ma’lum: Tobi Alderveyreld (“Tottenhem”) hamda Milan Shkrinyar (“Inter”).

Shuningdek, Aleksis Sanches ham jamoani tark etishi mumkin. Ammo unga hozircha birorta klub qiziqish bildirmagan. Sabab sifatida futbolchining klubda katta maosh olishi ko‘rsatilmoqda.

Amaldagi mavsumda Bayi “Yunayted” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi, Roxo esa birorta o‘yinda ishtirok etmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2018, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют