» » Oskar-2017: bepul shirinliklar, mamnun Jeki Chan va ongaysiz xotima (foto va video)

Oskar-2017: bepul shirinliklar, mamnun Jeki Chan va ongaysiz xotima (foto va video)


Los-Anjeles shahridagi Dolby kinoteatrida Oskar mukofotlarini topshirish marosimi boshlanishidan ikki soat avval mashhurlar qizil yolakcha boylab ota boshladi.

Ushbu ananaviy tadbir bu yil syurprizlarsiz kechdi: boshlovchilar ular bilan bolgusi marosimni muhokama qildi, shuningdek eng yorqin liboslarga baho berildi, deb yozadi TJournal.

Boshlovchi Jimmi Kimmel boshidanoq Donald Tramp borasida bir necha marta hazil qildi. Hatto, u Twitterdagi sahifasi orqali AQSh prezidenti Donald Trampga xabar yuborib, undan Oskarni korayotgan yoki kormayotganligi haqida soradi.

Chet tilidagi eng yaxshi film yonalishida esa AQSh prezidenti Donald Trampning immigratsiya farmonlariga noroziligi tufayli marosimga kelishdan bosh tortgan eronlik rejissor Asqar Farhodiyning Kommivoyajer kartinasi golib boldi.

Trampni butun marosim davomida tilga olishdi ayniqsa, boshqa mamlakatlardan tashrif buyurganlar Meksika bilan chegarada qurilayotgan devorni nazarda tutib, bizni ajratuvchi devor haqida gapirdi.

Mashhurlar biroz ochiqqanida, ularni popkorn va konfetlar bilan siylashdi, yeguliklar esa tepadan mitti parashyutlarda tushdi.

It's raining candy at the #Oscars pic.twitter.com/t8nOTErcxK

— Variety (@Variety) February 27, 2017

Marosimda Jeki Changa faxriy Oskar mukofotini topshirishdi. Aslida mukofot unga 2016-yil noyabridayoq berilgan edi, endi esa xitoylik aktyorning butun dunyo kinematografiga qoshgan hissasini esga olib, unga yana bir marta haykalchani topshirishdi.

Qaysidir lahzada Kelajakka qaytib trilogiyasinini qanchalik yaxshi korishi haqida gapirib berishga qaror qilgan aktyor Set Rogen paydo boldi. U bilan birga sahnaga filmda Marti Makflay rolini oynagan Maykl Jey Foks ham chiqdi, ular birgalikda osha mashhur DeLorean avtomobilidan tushib keldi.

Bundan tashqari, Rogen trilogiyaning ikkinchi qismidagi bogichi mustaqil boglanuvchi krossovkani kiyib olgan edi.

those DeLorean doors are tricky #Oscars pic.twitter.com/nikdxrcd54

— The Daily Dot (@dailydot) February 27, 2017

Sahnadan Eng yaxshi film nominatsiyasida La-La Lend golib bolgani haqida elon qilingach, kartina prodyuseri mikrofon qarshisiga kelib, xatolik yuz berganini aytdi. Malum bolishicha, tashkilotchilar konvertlarni chalkashtirib yuborgan, va aslida esa eng yaxshi kartina deya Oy shulasi etirof etilgan.

'La La Land' producer: "There's a mistake. 'Moonlight', you guys won Best Picture. This is not a joke." #Oscars pic.twitter.com/vl9PzgBaVW

— Hollywood Reporter (@THR) February 27, 2017

La-La Lend filmi qolga kiritilgan mukofotlar boyicha rekord ornata olmagan bolsa-da, bir yola oltita mukofotga sazovor boldi.

Goliblarning toliq royxati bilan ham tanishing.

: admin (27-02-2017, 15:01)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -