» » Marg‘ilonda Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, firibgarlik qilgan ayol ozodlikdan mahrum etildi

Marg‘ilonda Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, firibgarlik qilgan ayol ozodlikdan mahrum etildi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi tomonidan xorijga ishga jo‘natishni va’da qilgan shaxsga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Sudning qora kursida o‘tirgan ayol bir necha bor firibgarlik bo‘yicha sudlangan bo‘lsa-da, tegishli xulosa chiqarmadi. Marg‘ilon shahridagi Linex o‘quv markazida koreys tili o‘qituvchisi vazifasida ishlagan M.Alimova T.Abdullayevni 3000 dollari evaziga tijorat yo‘nalishi bo‘yicha Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishga yordam berishini aytib, ushbu mablag‘ni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Jabrlanuvchi firibgarga duch kelganini keyin tushunib yetib, ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. M.Alimova ushbu qilmishini takroran firibgarlik qilib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 168-moddasi 2-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etdi.

Sud tomonidan sudlanuvchi M.Alimovaga 3 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-11-2018, 07:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют