» » Orenburgda 43 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi

Orenburgda 43 o‘zbekistonlikni olib ketayotgan avtobus buzilib qoldi


Rossiyaning Orenburg shahar Oktyabrskiy tumani navbatchilik qismiga “Ufa—Orenburg” trassasi polosalaridan birini bir avtobus yopib qo‘ygani haqida xabar tushgan. Hodisa joyiga yetib kelgan inspektorlar Neoplan rusumli avtobus nosozlik tufayli to‘xtashga majbur bo‘lganini aniqlagan.

“Xabar.uz”ning yozishicha, avtobus 43 nafar O‘zbekiston fuqarosi bilan Ufadan kelayotgan edi. Yo‘l nazoratchilari hodisa haqida mahalliy ma’muriyat va favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar bergan. Voqea joyiga avtomobil tuzatuvchi yuborilgan va nosozlik bartaraf etilgan.

“Yo‘lovchilarga isinib olish uchun Oktyabrskiy tumaniga borish taklif qilingan, ammo taklif yo‘lovchilar tomonidan rad etilgan. Avtobus isitish tizimi soz bo‘lgan va ularning hayotiga hech narsa xavf solmagan. Huquq-tartibot xodimlari o‘zbekistonliklarning hujjatlarini tekshirib, migratsiya qonunchiligi buzilishiga doir biror holatni aniqlamagan”, — deb yozadi “ProOren” nashri.

Avtobus tuzatilgach, u o‘z yo‘lida davom etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2018, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют