» » “Oskar” laureati bo‘lgan rejissor Vladimir Menshov PROlogue kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘ladi

“Oskar” laureati bo‘lgan rejissor Vladimir Menshov PROlogue kinofestivalining faxriy mehmoni bo‘ladi


Rossiyalik rejissor va aktyor Vladimir Menshov 27 – 30-noyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan PROlogue IV xalqaro kinofestivalining faxriy mehmonlari ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Xalqaro kinofestival direksiyasidan ma’lum qilinishicha, boshqa taklif etilgan yulduzlar qatorida Vladimir Menshov ham O‘zbekistonning yosh kinematografistlari uchun mahorat-darslarini o‘tkazadi.

Teatr, kino va televideniye aktyori, kinorejissor, ssenarist, prodyuser va teleboshlovchi rossiyalik Vladimir Valentinovich Menshov 1939-yilning 17-sentabr kuni Bakuda tug‘ilgan. Menshov – Rossiyada xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, Rossiya xalq artisti, “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmi uchun “Oskar” mukofotining “Xorijiy tildagi eng yaxshi film” nominatsiyasida laureat bo‘lgan.

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, to‘liq va qisqa metrajli, shuningdek milliy qisqa metrajli badiiy filmlar tanloviga 280 dan ortiq ish kelib tushgan. Shvetsiya, Fransiya, Isroil, Eron, Ukraina, AQSh, Peru, Qozog‘iston va boshqa 60 dan ortiq davlatlarning kino sohasi vakillari PROlogue kinofestivalida ishtirok etish istagini bildirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-11-2018, 16:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют