» » Samarqandda bir kunlik reydda 147 ta mast holatda avtomashina boshqargan shaxslar aniqlandi

Samarqandda bir kunlik reydda 147 ta mast holatda avtomashina boshqargan shaxslar aniqlandi


Samarqand viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan yo‘l-transport hodisalarini oldini olish, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Yo‘l harakati xavfsizligi targ‘ibot kuni” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

O‘tkazilgan reydlar mobaynida haydovchilar tomonidan jami 1563 ta qoidabuzarliklar qayd qilingan. Shundan 572 ta qo‘pol qoidabuzarliklar, 147 ta transport vositasini mast holda boshqarish, 84 ta svetofor va chorrahalardan o‘tish qoidasini buzish, 10 ta transport vositasi boshqarish vaqtida telefondan foydalanish, 427 ta xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik, 91 ta piyodalar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar aniqlanib, qonuniy choralar qo‘llanildi.

Targ‘ibot kuni davomida qo‘pol qoidabuzarliklar, xususan mast holda va boshqa transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi nazarda tutilgan qoidabuzarliklar, transport bilan bog‘liq jinoyatlar hamda o‘lim bilan bog‘liq yo‘l transport hodisalari sodir etgan haydovchilarni yashash joylarida hududiy sud idoralari bilan 17 ta sayyor sud majlislari o‘tkazildi.

Jumladan, viloyat IIB YHXB ma’muriy binosida spirtli ichimlik iste’mol qilgan haydovchilarga nisbatan Samarqand shahar Ma’muriy sudi tomonidan o‘tkazilgan sayyor sudda tegishli choralar qo‘llanildi. Ammo Samarqand va Pastdarg‘om tumanlarida hududiy sud idoralari bilan hamkorlikda sayyor sud majlislari o‘tkazilmagan.

Mutasadi idoralar bilan hamkorlikda 44,5 kilometr piyodalar yo‘laklari va bolalar harakati serqatnov bo‘lgan yo‘llar ko‘rikdan o‘tkazilib, 23 kilometri ta’mirlandi hamda 34 dona yo‘l belgilari o‘rnatildi. 44 donasi almashtirildi va aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 12 ta yo‘l tashkilotlariga, 8 ta hududiy hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi.

Bir kunlik tadbir mobaynida jami 947 marotaba, shundan 89 marotaba mehnat jamoalarida, 324 marotaba mahallalarda, 263 marotaba ta’lim muassasalarida, 112 marotaba aholi gavjum joylarda, 44 marotaba yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi uyushmalarda, 115 marotaba boshqa idora va tashkilotlarda profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, bir kunlik targ‘ibot kunida 1137 nafar ichki ishlar xodimi jalb qilingan. Shundan 317 nafar Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, 453 nafar Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati, 61 nafar PPX va JTSB xodimlari, 95 nafar Yong‘in xavfsizligi xizmati, 105 nafar Qo‘riqlash xizmati va 106 nafar boshqa sohaviy xizmatlar xodimlari hamda 1385 nafar hokimliklar, idora va tashkilotlardan jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-11-2018, 16:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют