» » O‘zbekistonda ilk bor eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

O‘zbekistonda ilk bor eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarni taqdirlash marosimi o‘tkaziladi


Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning Elseviyer kompaniyasi bilan hamkorlikda Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi versiyasi bo‘yicha eng samarali faoliyat ko‘rsatayotgan olimlarni tantanali taqdirlash marosimi o‘tkaziladi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Taqdirlash marosimi shu yilning 23-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilib, unda vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, QS, Times Higher Education kabi dunyoning yetakchi reyting agentliklari direktorlari, Elseviyer kompaniyasi rahbarlari, xorijlik mutaxassislar hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etadi.

Tadbir doirasida Birinchi ilmiy forum ham o‘tkazilishi rejalashgtirilgan va unda maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiyalash va xalqaro reytinglarga kirish metodologiyasini o‘rgatish bo‘yicha mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, shu yilning 23-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Elseviyer kompaniyasi o‘rtasida respublika oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish, ularni dunyoning yetakchi reyting agentliklari tomonidan e’tirof etilishini ta’minlashga qaratilgan “Ilm-fan 2020” hamkorlik dasturi imzolangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют