» » O‘zbekistonning eng yaxshi olimlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi

O‘zbekistonning eng yaxshi olimlarini taqdirlash marosimi o‘tkaziladi


23-noyabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Scopus ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasiga ko‘ra O‘zbekistonning eng yaxshi olimlarini taqdirlash birinchi tantanali marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ma’lum qildi.

Taqdirlash marosimi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Elsevier kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.

Marosimda vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, QS va Times Higher Education singari yetakchi reyting agentliklari 5-100 loyihasi rahbari Nadejda Polixina, Elsevier kompaniyasi rahbarlari hamda oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Tadbir doirasida birinchi ilmiy forum bilan bir qatorda olimlar uchun maqola yozish, ilmiy jurnallarni indeksatsiya qilish va xalqaro reytinglarga qo‘shilish metodologiyalarini o‘rgatish bo‘yicha master-klasslar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yil 23-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Elsevier ilmiy kompaniyasi o‘rtasida dunyoning barcha yetakchi reyting agentliklari tomonidan qo‘llaniluvchi “Fan 2020” milliy strategik bitim imzolandi.

Tadbir o‘tkaziladigan joy va vaqti: 23-noyabr kuni soat 09:00 da Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Madaniyat saroyi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2018, 17:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют