» » La Liga. “Real Madrid” “Eybar”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)

La Liga. “Real Madrid” “Eybar”ga yirik hisobda yutqazib qo‘ydi (video)


24-noyabr, shanba kuniga belgilangan Ispaniya La Ligasi 13-turi doirasida “Eybar”—“Real Madrid” bahsi yakuniga yetdi.

Uchrashuvda hisob 16-daqiqada mezbonlar vakili Eskalante tomonidan ochildi. Ikkinchi bo‘limning 52-daqiqasida Enrik hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Oradan besh daqiqa o‘tib Kike jamoasining o‘yindagi uchinchi golini kiritdi. Shu tariqa “Real Madrid” safarda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Qayd etish joiz, bu argentinalik Santyago Solarining Madrid klubidagi ilk mag‘lubiyatidir.

La Liga

13-tur bahslari

24-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 – 16 Eskalante, 2:0 – 52 Enrik, 3:0 – 57 Kike.

“Eybar”: Riyesgo, Kukurelya, Ramis, Paulu Oliveyra, Penya, Orelyana (Alvares, 83), Eskalante, Jordan, Xose Anxel, Enrik (Sharles, 74), Kike.

“Real Madrid”: Kurtua, Varan, Marselo, Odriosola (Karvaxal, 54), Ramos, Modrich (Isko, 63), Kroos, Asensio (Vinisius Junior, 74), Sebalyos, Beyl, Benzema.

Ogohlantirishlar: Kukurelya (33), Jordan (36), Beyl (44).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2018, 19:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют