» » O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar holati tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida Qirg‘izistonni ogohlantirdi

O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar holati tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida Qirg‘izistonni ogohlantirdi


25-noyabr kuni Qirg‘iziston TIVga O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligidan nota kelib tushdi.

Notada Qirg‘iziston tomoni 2018-yil 26-noyabr kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlari jangovar tayyorgarligi tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida ogohlantirilgan.

“Tekshiruv O‘zbekiston Qurolli kuchlarining jangovar holatini baholashga qaratilgan va boshqa mamlakatlar manfaatlariga zid emas”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Qirg‘iziston TIV mamlakat rahbariyati va tegishli davlat idoralarini mazkur nota haqida ogohlantirdi.

O‘zbekiston Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoyishiga muvofiq, bugun,  26-noyabr erta tongda Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘quv trevogasi bo‘yicha ko‘tarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-11-2018, 08:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют