» » Shavkat Mirziyoyev BMTning sobiq bosh kotibini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev BMTning sobiq bosh kotibini qabul qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni ayni paytda Yashil o‘sish global instituti Assambleyasi va Xalqaro olimpiya qo‘mitasining etika bo‘yicha Komissiyasiga rahbarlik qilayotgan BMTning sobiq bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Pan Gi Mun O‘zbekistonga 27-noyabr kuni Nukus shahrida bo‘lib o‘tgan Orolbo‘yi hududida ekologik vaziyatni yaxshilash va bu jarayonda koreys diasporasining roli masalalari bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurdi.

Oliy martabali mehmonni qizg‘in qutlagan Shavkat Mirziyoyev uning tinchlik va barqarorlikni mustahkanlash, Ming yillikning rivojlanish maqsadlariga, xususan, jahon hamjamiyatining global chaqiruvlar va zamonaviy tahdidlarga qarshi harakati bo‘yicha urinishlarini mustahkamlagan holda erishish ishida qilgan ulkan ximatlarini qayd etdi.

Pan Gi Munning Orol fojiasi oqibatlarini bartaraf etish masalalariga xalqaro e’tiborni qaratishda qo‘shgan shaxsiy hissasi yuqori baholandi.

BMT bosh kotibi lavozimida u O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining Orolbo‘yidagi vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tashabbuslari va takliflarini faol qo‘llab-quvvatlagan.

Suhbat davomida Orol dengizi hududida ustuvor loyihalarni ilgari surish bo‘yicha xalqaro institutlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishning istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ko‘p tarmoqli hamkorlik kengaytirish va strategik sherikchilikni mustahkamlash bo‘yicha fikr almashindi. O‘zbekistondagi ko‘p sonli koreys diasporasining ikki xalq va mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirishdagi hissasi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Pan Gi Mun iliq qabul uchun minnatdorchilik bildirgan holda, O‘zbekistonda 2021-yilgacha qabul qilingan Harakatlar strategiyasi doirasidagi islohotlar va o‘zgarishlarga yuqori baho berdi.

O‘zbekiston tomonidan 2018—2021-yillarda orolbo‘yi hududini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar alohida qayd etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-11-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 105) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют