» » MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev ofisiga qilingan hujum aks etgan videolar paydo bo‘ldi (video)

MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev ofisiga qilingan hujum aks etgan videolar paydo bo‘ldi (video)


26-noyabr kuni Toshkentdagi “Toshkent savdo markazi”da (sobiq “Turkuaz”) MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning ofisiga hujum qilingani aks etgan videokamera yozuvlari paydo bo‘ldi, deb yozadi? Repost.

Murod Xonto‘rayev (1987-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) 26-noyabrda “Toshkent savdo markazi” (sobiq “Turkuaz”)da joylashgan ofisida tanishlari — Anvar Rahimov (1984-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) va Ikrom Saidov (1988-yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) bilan birga o‘tirgan vaqti 10 kishi qora rangli maxsus kiyimda, yuzlariga niqob taqqan holda kirib kelib, “Yerga yot!” deb buyruq bergan.

Xonto‘rayev ham, uning yonida o‘tirganlar ham “davlat idorasi xodimlari kelgan” deb o‘ylab, yerga yotgan. Shundan so‘ng noma’lum shaxslar o‘zlari bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jismlar, temir (armatura) bo‘laklari, rezina tayoq (dubinka)lar va pnevmatik o‘qotar qurollardan foydalanib, Xonto‘rayev va Saidovni urib, tan jarohati yetkazib, voqea joyidan qochib ketgan.

Voqea yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tayyorlangan va surati internetda tarqalgan ma’lumotnomaga ko‘ra, Xonto‘rayev “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh o‘ng tepa sohasi ezilib yorilgan jarohati, o‘ng son, dumba sohasi ko‘plab sanchilib kesilgan jarohatlari (9 ta), ikkila ko‘krak usti sohasi sidirilgan jarohati, chap tirsak sohasi kesilgan jarohat” tashxisi bilan 1-shahar kasalxonasiga yotqizilgan.

Sportchiga hujum qilgan shaxslar hali aniqlanganicha yo‘q; ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b”, “v” bandlari (“bir guruh shaxslar tomonidan sovuq qurol yoki kishining sog‘lig‘i uchun amalda shikast yetkazishi mumkin bo‘lgan narsalarni (qurol sifatida) qo‘llab bezorilik sodir etish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (bu modda bo‘yicha aybdor deb topilganlar uch yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin).

Eslatib o‘tamiz, Murod Xonto‘rayev joriy yilning 21-iyuniga o‘tar kechasi Yunusoboddagi tungi klubda ro‘y bergan mojaro ishtirokchisi bo‘lgan, u ko‘krak qismiga pichoq bilan berilgan zarbadan jarohat olgandi. Keyinroq shifoxonadan huquq-tartibot organlariga so‘roq berish uchun olib ketilgan, sud hukmi bilan qamoqqa olingandi.

Sud uni Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “a” bandi (“takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan bezorilik sodir etilishi”) bo‘yicha aybdor deb topgan (“Osiyo ayig‘i” laqabi bilan mashhur Murod Xonto‘rayev ilgari ham sudlangan).

Avvaliga unga 3 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi. 12-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudida Murod Xonto‘rayevga jarima tarzidagi jazoni qo‘lladi. Sportchi eng kam ish haqining 94 baravari miqdorida jarima (16 190 560 so‘m) to‘lab, ozodlikka chiqdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-11-2018, 10:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 40) ( 0) ( 39) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют